
Merab Dvalishvili: “Men barcha zamonlarning eng kuchli jangchisiman”
UFC ning o‘ta engil vazn (61 kg) chempioni Merab Dvalishvili "UFC 320" turnirida amerikalik Kori Sendxagenga qarshi jangidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Hech kim menga qiyinchilik tug‘dira olmaydi, hatto zarba berishda ham. Men Pyotr Yan, Joze Aldo va Shon O’Melli bilan ikki marta jang qilganman. Birortasi menga muammo yarata olmadi. Men barcha zamonlarning eng kuchli jangchisiman, men chempionman", — dedi gruziyalik matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Merab Dvalishvili MMAda jami 24 ta bahsda ishtirok etib, shulardan 20 tasida g‘alaba qozongan va 4 marta mag‘lub bo‘lgan.
Fikrlar