Messi eng zo‘r bo‘ldi!

  • 7 fevral, 2022, 17:21
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionati 23-turidan o‘rin olgan uchrashuvda PSJ amaldagi chempion "Lill"ni 5:1 hisobida tor-mor etdi.

Jahonga mashhur "Le Parisien" nashri mazkur bahs uchun futbolchilarga qo‘yilgan ballarni e’lon qildi. Bittadan gol va assist qayd etgan Lionel Messi 10 ballik tizimda 8 ballga loyiq ko‘rildi. 

Argentinalik yulduz Presnel Kimpembe va Danilu Perreyra bilan birgalikda eng yaxshi natijani qayd etdi. Ulardan pastroqda 7 baho olgan Marko Verratti, Nunu Mendesh, Markinos hamda Janluiji Donnarumma joylashgan.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli futbolchi joriy mavsum parijliklar safida 19 uchrashuvda maydonga tushib, 7 tadan gol va assist muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!