Messi: "Jahon chempionatida oson o‘yning o‘zi yo‘q"
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Kabo-Verdega qarshi Jahon chempionati 1/16 finalidagi uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
⠀
Jamoa qo‘shimcha vaqtlarda raqibini 3:2 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Asosiy vaqt esa 1:1 hisobida yakunlangan edi. Messi 29-daqiqada hisobni ochdi va keyinchalik uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
⠀
"Birinchi goldan keyin o‘yinni nazorat qilamiz va xotirjam harakat qilamiz, deb o‘ylagandik. Ammo aksincha bo‘ldi. Biz to‘pni ko‘p yo‘qota boshladik, ba’zi paytlarda juda chuqur himoyaga qaytdik va o‘zimiz istagandek pressing qila olmadik.
⠀
Mana shu jihatlar Jahon chempionatini alohida turnirga aylantiradi. Biz maydonda bor kuchimizni berdik, ammo shunga qaramay, eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsata olmadik", — dedi Messi.

Fikrlar