Messi: Oddiy inson singari vaqtimni oilam bilan o‘tkazgim keladi
“Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi tashqaridan bo‘layotgan haddan tashqari katta e’tiborga o‘z munosabatini bildirdi.
“Odamlarning menga bo‘layotgan munosabatidan minnatdorman, lekin ba’zida e’tibordan chetda bo‘lishni istayman. Ayniqsa oilam bilan bo‘lganda. Oddiy inson singari vaqtimni oilam bilan o‘tkazgim keladi.
Men buyumlar xarid qilishni yaxshi ko‘raman, ammo shopingni yoqtirmayman. Xaridlarni asosan onlayn amalga oshiraman. Haddan yuqori e’tibor tufayli ayolim va bolalarim bilan birga do‘konlarga bora olmayman”, – dedi Messi Pasion por el futbol nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar