Messi Ronaldu qilgan ishni qilmoqchi emas!

  • 6 aprel, 2023, 10:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinalik hujumchi Lionel Messi Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tishdan bosh tortdi. Oldinroq 35 yoshli futbolchiga "Al-Hilol" yiliga 400 million evrodan ortiq maoshli shartnoma taklif qilgani ma’lum bo‘lgandi.

Tecno

TyC Sports nashri muxbiri Xerman Garsiya Grovaning yozishicha, PSJ hujumchisi ushbu taklifni rad etgan. Messi faoliyatini Evropada davom ettirmoqchi.

Aytish kerakki, Parij grandi Leoga maoshi kamaytirilgan shartnoma taklif qilmoqda, uning qaytishidan manfaatdor bo‘lgan "Barselona" esa kutish va vaziyatni kuzatish bilan band.

Eslatib o‘tamiz, Messining PSJ bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Каримов Нозиржон
09/04/2023 07:15
Админлап рекламани йукотинглар хеч нарса укиб булмаяпти