Messi Saudiya Arabistonini ko‘zlagandi...

  • 9 dekabr, 2023, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter Mayami” yulduzi Lionel Messi AQShga ko‘chib o‘tgunicha, faoliyatini davom ettirish bo‘yicha boshqa variantlar bo‘lganini ochiqladi.

Tecno

- Birinchi variantim “Barselona”ga qaytish edi. Lekin buning imkoni topilmadi. Men Kataloniyaga qaytishga harakat qildim, o‘xshamadi.

Keyin Saudiya Arabistoni ligasiga o‘tish haqida o‘ylaganim ham bor haqiqat. Men bu mamlakatni yaxshi bilaman. Ular jiddiy raqobat yarata oldi va Saudiya Arabistoni ligasi yaqin kelajakda muhim musobaqaga aylanadi, - dedi Lionel Messi.

Saudiyaliklar ham Lionel Messini milliy ligaga olib kelishga urinib ko‘rdi. Shayxlar jahon chempioniga bir mavsum uchun 400 million evrogacha maosh taklif qildi.

Biroq Lionel Messi oilasi ta’sirida AQSh variantini tanladi va ummonortiga ko‘chib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Kesh
09/12/2023 13:06
Еврийлар бошкаради Мессини Агенлари хаммаси Израиль.