Messi ustozsiz qoldi

  • 15.04.2026 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Sakkiz karra “oltin to‘p” sohibi Lionel Messi o‘ynayotgan “Inter Mayami” jamoasi bosh murabbiyi Xavyer Maskerano o‘z lavozimini tark etishga qaror qildi.

Bu haqida klub matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

- Xavyer Maskerano bosh murabbiy sifatidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi. U o‘z shtabi bilan birga “Inter Mayami” oilasining bir qismiga aylangan va klubning birinchi yulduzi bilan bog‘liq bo‘lib qoladi, - deyiladi klub bayonotida.

Argentinalik mutaxassis jamoani 2025 yil boshida qabul qilgan va muvaffaqiyatli ishlab kelayotgandi. Uning shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan edi.

Xavyer Maskerano qo‘l ostida “Inter Mayami” MLS kubogini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!