
Messi va Alba bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
Lionel Messi va Jordi Alba MLS yulduzlari hamda Meksika ligasi yulduzlari o‘rtasidagi o‘yinda qatnashmagani uchun bir o‘yinlik diskvalifikatsiya jazosini oldi.
Natijada, ular “Inter Mayami”ning 26 iyul, shanba kuni “Tsintsinnati”ga qarshi bahsida maydonga tusha olmaydi.
MLSning qoidalariga ko‘ra, agar futbolchi sog‘ligi bilan bog‘liq sababsiz yulduzlar o‘yinida qatnashishdan bosh tortsa, u holda avtomatik ravishda navbatdagi liga uchrashuvini o‘tkazib yuborishi shart.
Fikrlar