Messiga oldindan "Oltin to‘p"ni "berib yuborishdi"
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning Texnik qo‘mitasi jahon chempionati finalidan so‘ng topshiriladigan individual sovrinlar masalasini muhokama qildi. Qo‘mita yig‘ilishida qabul qilingan qarorga ko‘ra, Argentina terma jamoasi sardori va hujumchisi Lionel Messi jahon chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi sifatida «Oltin to‘p» sovrini bilan taqdirlanadi. Bu qaror final bahsining natijasidan qat’i nazar amal qiladi.
Bu haqida X ijtimoiy tarmog‘idagi The Touchline sahifasida xabar berilgan.
Messi jahon chempionati doirasida o‘tkazilgan yetti uchrashuvda sakkizta gol urib, to‘rtta golli uzatma muallifiga aylandi. Argentina yulduzi 2014 va 2022 yildgi jahon chempionatlarida ham musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar