
"Metallurg" - "Dinamo": Mag‘lub bo‘lgan jamoa autsayderlar qatoriga tushib qoladi
“Metallurg” hamda “Dinamo” oliy ligada 38 bora to‘qnash kelgan.
Shu o‘yinlardan 12 tasida bekobodliklar, 18 tasida samarqandliklar g‘alaba qozongan. 8 ta uchrashuvda esa kuchlar teng kelgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi ko‘hna shahar jamoasi foydasiga – 55:47. O‘zaro o‘yinlarda “Dinamo” 62 ochkoni, “Metallurg” esa 44 ochko jamg‘argan.
Har ikkala jamoaning bir-biri ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi – 5:0 ni tashkil etadi: “Metallurg” 2019 yilgi mavsumda o‘z uyida mazkur jamoalarning oxirgi to‘qnashuvida shunday hisobda zafar quchgan bo‘lsa, “Dinamo” ham o‘z maydonida – 2001 yilda muvaffaqiyat qozongan.
Bekoboddagi o‘yinlar haqida fakt: “Metallurg” o‘z maydonida raqibini 10 marta taslim etgan. “Dinamo” esa bu raqib maydonidan 3 marta g‘alaba bilan qaytgan. 6 o‘yinda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlagan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 29:14.
Bekobodda o‘tgan barcha uchrashuvlar:
23.11.2019 "Metallurg" - "Dinamo" 5:0
03.03.2017 "Metallurg" - "Dinamo" 0:2
19.09.2015 "Metallurg" - "Dinamo" 4:2
09.08.2014 "Metallurg" - "Dinamo" 3:0
16.03.2013 "Metallurg" - "Dinamo" 0:0
15.06.2012 "Metallurg" - "Dinamo" 2:1
09.04.2011 "Metallurg" - "Dinamo" 0:1
21.10.2010 "Metallurg" - "Dinamo" 0:0
06.09.2009 "Metallurg" - "Dinamo" 5:3
19.05.2008 "Metallurg" - "Dinamo" 1:0
27.08.2007 "Metallurg" - "Dinamo" 1:1
20.09.2006 "Metallurg" - "Dinamo" 1:1
16.04.2005 "Metallurg" - "Dinamo" 1:1
20.04.2004 "Metallurg" - "Dinamo" 1:0
13.04.2003 "Metallurg" - "Dinamo" 1:0
15.06.2002 "Metallurg" - "Dinamo" 2:0
04.09.2001 "Metallurg" - "Dinamo" 1:1
13.05.2000 "Metallurg" - "Dinamo" 1:0
06.04.1999 "Metallurg" - "Dinamo" 0:1.
Fikrlar