"Metallurg" - "Surxon" o‘yini oldidan statistik ma’lumotlar

  • 3 noyabr, 2023, 08:07
  • 0
  • Futbol

Ushbu jamoalar kuchlilar safida bugungacha 23 marta to‘qnash kelishgan bo‘lib, ustunlik “Metallurg” jamoasi tomonida. Bekobodliklar 10 uchrashuvda g‘alaba qozongan, 8 o‘yinda kuchlar teng kelgan, 5 bahsda termizliklar zafar quchishgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi “Metallurg” foydasiga – 25:19.

Bekobodda kechgan 11 uchrashuvda “Metallurg” katta ustunlikka ega. Maydon egalari 8 ta o‘yinda raqiblarini taslim etgan bo‘lsa, 2 ta o‘yinda kuchlar teng kelgan. Yana 1 ta uchrashuvda omad “Surxon” jamoasiga kulib boqqan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati – 15:4, “Metallurg” foydasiga.

Quyida Bekobodda bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv natijasi bilan tanishing:

16.03.2022  “Metallurg” – “Surxon” – 0:0

07.08.2021  “Metallurg” – “Surxon” – 0:1

29.11.2020  “Metallurg” – “Surxon” – 1:0

30.11.2019  “Metallurg” – “Surxon” – 2:0

18.09.2004  “Metallurg” – “Surxon” – 1:0

“Metallurg” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!