Mikel Arteta " bugun biz oʻz darajamizdan ancha yiroq edik"
Londonning "Arsenal" klubi APLning 32-turini oʻz uyida oʻtkazdi va "Bornmut"ga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu bellashuvdan soʻng "toʻpchilar" murabbiyi Mikel Arteta magʻlubiyatga izoh berdi.
"Bugungi magʻlubiyat albatta hafsalani pir qiladi. Bu biz uchun kuchli zarba, hozir bunga qanday javob qaytarishimiz muhim. Bunday magʻlubiyatlar boʻlib turadi, bu futbol. Bugun biz oʻz darajamizdan ancha yiroq edi. Bu oʻyinchilarga qattiq taʼsir qiladi va shunday boʻlishi kerak. Ammo biz har ikkala musobaqada (APL va EChL) hamon juda yaxshi holatdamiz", - dedi "kanonirlar" ustozi.
Maʼlumot uchun, APLda “Arsenal” ikkinchi oʻrinda borayotgan “Manchester Siti”dan 9 ochkoga oldinda, biroq “shaharliklar”ning zahirada ikkita oʻyini bor.
Fikrlar