"Milan" Belottining narxini ko‘tardi

  • 18 iyul, 2017, 08:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning “Milan” klubi “Torino” hujumchisi Andrea Belotti borasidagi o‘z taklifini yanada yaxshiladi. Bu haqda Football-Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “rossonerilar” 23 yoshli hujumchi uchun turinliklarga 50 mln evro hamda Manuel Lokatelli va M'Baye Nyanglarni qo‘shib bermoqchi. Shuningdek himoyachi Gabriel Paletta ham ushbu transferga qo‘shilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi forvardi uchun shuningdek Londonning “Chelsi” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Belotti o‘tgan mavsum A Seriyada jami 35ta uchrashuvda maydolnga tushib, o‘z hisobiga 26ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!