
"Milan" bir yo‘la "Arsenal"ning ikki himoyachisini olib kelmoqchi
"Milan" "Arsenal" bilan Aleksandr Zinchenko va Yakub Kiver masalasida muzokaralar olib bordi.
"La Gazzetta dello Sport" nashrining xabariga ko‘ra, shu hafta "Milan"ning yangi sport direktori Igli Tarega juda yaqin bo‘lgan vakili "kanonirlar" rahbariyati bilan uchrashib, ikkala himoyachining nomzodligini muhokama qilgan.
Ta’kidlanishicha, "Milan"dagi barcha mas’ullar, jumladan Tarening o‘zi va Massimiliano Allegri ham klubni, ayniqsa mudofaa yo‘nalishida kuchaytirish kerakligini ta’kidlashmoqda.
Zinchenko darajasi va tajribasi jihatidan kuchli nomzod hisoblanadi. Bundan tashqari, ukrainalik futbolchining shartnomasi 2026 yilda tugashini inobatga olsak, transfer narxi 15 million evrodan kam bo‘lishi mumkin.
Kiver o‘zining ko‘p qirraliligi, "Spetsiya"dagi bir yarim yillik faoliyatidan keyin A Seriyani yaxshi bilishi va boy xalqaro tajribasi bilan klubning e’tiborini tortmoqda.
Fikrlar