Mirjalol Qosimov: "O‘ylaymanki, bu o‘yindan muxlislar yutdi"
O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichi birinchi tur doirasidagi OKMK – “Metallurg” uchrashuvi jangovar durang – 3:3 bilan yakunlandi. O‘yindan keyin olmalikliklar ustozi Mirjalol Qosimov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Derbini guvohi bo‘ldik, qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Hisob ham ko‘rsatib turibdi. Derbiga xos o‘yin. O‘ylaymanki, bundan muxlislar yutdi, chiroyli o‘yin kechdi. Lekin futbol 90 daqiqa o‘ynaladi. 3:1 hisobi qayd etilib turgan paytda bemalol g‘alabaga yetkazib qo‘yishimiz mumkin edi. Ammo “Metallurg” jamoasi ham jon-jahdi bilan o‘ynashga harakat qildi. Albatta, durang bilan mukofotlandi. Keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Futbol shunisi bilan qiziq.
- Kubokda OKMK oldiga qanaka vazifa qo‘yilgan?
- Bizga farqi yo‘q: Kubok bo‘ladimi, chempionat bo‘ladimi, har bir o‘yinga yurakdan o‘ynaymiz. O‘zimizni auditoriya, muxlislarimiz bor. Ular uchun o‘ynaymiz. Shu sababli har bir uchrashuvda oxirigacha kurashish va g‘alaba qozonish uchun harakat qilamiz. Qolaversa, chiroyli o‘yin bilan muxlislar qalbidan joy olishni xohlaymiz. Futbol shunaqa – yutqazmaydigan jamoani o‘zi yo‘q.

Fikrlar