
MMA. Navoiy viloyati tengsiz va boshqa nominatsiya g‘oliblari aniqlandi
Buxoroda apalash jang san’atlari bo‘yicha ilk marotaba havaskorlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada navoiyliklar 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalga ega chiqib, umumjamoa hisobida birinchilikni qo‘lga kiritdi. Ushbu viloyat aralash jang san’atlari assotsiatsiyasiga MMAning professional jangchisi Amin Ergashev rahbarlik qiladi.
Kattalar o‘rtasida 70.3 kilogramm vazn toifasida chempionlikni nishonlagan toshkentlik Behruz Akbarov turnirning eng yaxshi jangchisi nomiga sazovor bo‘ldi.
Toshkent shahri jamoasining yana bir a’zosi Vitaliy Ten g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi. Kattalar o‘rtasida 52,2 kilogramm vaznda janglarini o‘tkazgan Ten bronza medalga ega chiqdi.
Bundan tashqari, qashqadaryolik Botir Rahmonov musobaqaning eng yaxshi hakami sifatida tan olindi.
Fikrlar