Modrich Ronalduning ortidan ketyapti

  • 15 oktabr, 2024, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

39 yoshli Krishtianu Ronalduning tenquri Luka Modrich ham futbol sohasida portugaliyalik yulduz ortidan ketmoqda.

Tecno

Har ikki “qariya” hali futbolchilik faoliyatini tugatmoqchi emas. Ronaldu “An-Nasr” bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.

Luka Modrich esa, bu mavsum “Real”ga kerakli o‘yinchi ekanini  yana bir karra isbotlab, madridliklardan yangi bitim olishga umid qilyapti.

Ikki yulduzning maqsadi bitti – 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish. Ularning amaldagi shartnomasi yozda yakunlanadi. Lekin har ikkisi ham amaldagi kelishuvni 2026 yilning yozigacha uzaytirishni istayapti.

Qizig‘i shundaki, Luka Modrich ham huddi Krishtianu Ronaldu singari “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!