Mourin'yo Vinisius bo‘yicha qarorini o‘zgartirdi
«Real Madrid»ning hujumchi vingeri Vinisius Zhunior yaqinlashib kelayotgan Chempionlar ligasi bahsida asosiy tarkibga qaytishi kutilmoqda. Madridliklar navbatdagi o‘yinni «Roma»ga qarshi o‘tkazadi.
Braziliyalik futbolchi La Liga doirasidagi so‘nggi uchrashuvni – «Vilyarreal»ga qarshi bellashuvni (1:0) zahirada boshlagan edi. 26 yoshli vinger ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushirildi, ammo oradan ko‘p o‘tmay maydondan chetlatildi.
Marca nashri ma’lumoticha, Zhoze Mourinyo «Roma»ga qarshi o‘yinda Vinisiusni asosiy tarkibdan maydonga tushirishni rejalashtirgan.
Jamoaning yulduz o‘yinchisi italyanliklarga qarshi bahsda "Vilyarreal"ga g‘alaba golini urgan Yan Diomande o‘rnini egallaydi.
Shu bilan birga, Vinisius La Ligadagi navbatdagi ikki-uchta turni diskvalifikatsiya sabab o‘tkazib yuborishi ehtimol qilinmoqda.

Fikrlar