
Murodjon Ahmadalievning navbatdagi raqibi ham nokautga uchradi
Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Murodjon Ahmadaliev o‘zining g‘alabali yurishlarini davom ettirmoqda.
Biroz avval yakuniga etgan 56 kg vazn toifasidagi dastlabki yarim finalda Murodjon Ahmadaliev janubiy koreyalik Yon Xun Xanga qarshi ringga ko‘tarildi.
Hamyurtimizning ustunligida o‘tgan ushbu bahs kutilganidek O‘zbek o‘g‘lonining sof g‘alabasi bilan yakunlandi. Murodjon Ahmadalievning bu galgi raqibi ikkinchi raunddayoq nokautga uchradi.
Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati "FACEBOOK"dagi ushbu sahifada jonli efirda namoyish etilmoqda (Havola).
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.
Fikrlar