MЮ Maguayirga o‘rinbosar topdi

  • 17.01.2026 16:27
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" yozda jamoa bilan shartnomasi tugaydigan Harri Maguayrga o‘rinbosar topdi. Bu haqida "DailyMail" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "qizil iblislar" Harriga o‘rinbosar sifatida "Nottingem Forest" himoyachisi Murillonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu transfer uchun ularga "Chelsi" raqobat qilmoqda. Agar MYu YEChLga chiqsa transfer tezroq amalga oshishi mumkin. 

23 yoshli himoyachining hozirda transfer bozoridagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. 

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi joriy mavsum "o‘rmonchilar" safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol kiritishga erishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!