Nadal "Rolan Garros" turnirining 14 karra g‘olibi!

  • 5 iyun, 2022, 20:46
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" tasnifidagi "Rolan Garros" turnirining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Unda Rafael Nadal Norvegiya sharafini himoya qilgan Kasper Ruudga qarshi kortga chiqdi. O‘yin kutilganidek, ispaniyalik tennischining katta ustunligi ostida o‘tdi va favorit yakunda 6:3, 6:3 va 6:0 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa, Nadal faoliyatida o‘n to‘rtinchi bor "Rolan Garros" turnirida zafar quchdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!