Namangandagi vodiy derbisi qanday o‘tdi?

  • 22 aprel, 2024, 02:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogidagi “o‘lim guruhi” deb nomlanuvchi “N” guruhida markaziy to‘qnashuv va shu bilan birga vodiy derbisi bo‘lib o‘tdi. Namanganda “Navbahor” va “Andijon” klublari ishtirokidagi o‘yinga darhaqiqat qiziqish katta bo‘ldi.

Kutilganidek, Andijondan Namangandagi stadionga ko‘p sonli muxlislar “armiyasi” keldi va o‘yinga yanada qo‘shimcha joziba bag‘ishlashdi. O‘z o‘rnida shuni alohida ta’kidlamoqchimizki, ishqibozlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va madaniyat yangi bosqichga ko‘tarilayotganini mazkur derbi oldidan ko‘rdik. Ayniqsa, andijonlik fanatlar yana yangicha fantaziyalari bilan o‘rnak bo‘lishdi. Shuningdek, “Andijon” ishqibozlari hurmat yuzasidan “Navbahor” nomini tilga olgan holda olqishladilar. Buni ijobiy ko‘rinishda qabul qilgan “Navbahor” muxlislari javob tariqasida “Andijon” nomini tilga olib olqishladilar va stadiondagi bunday manzara chindan ham ajoyib edi.

O‘yinga kelsak, derbi maqomiga mos tarzda kechdi. O‘yinning 20-daqiqasida mezbonlar penaltidan hisobni ochdilar. Ammo o‘sha vaziyatdan oldin, ya’ni, “Navbahor”ning hujumi boshlanishidan ilgari to‘p mezbon futbolchisidan maydonni tark etgandi. Biroq bosh hakam bu vaziyatda yanglish qaror tufayli to‘pni “Andijon” o‘yinchisidan chiqib ketganini ko‘rsatdi. Natijada shu holatdan keyin namanganliklar yakunda penaltidan hisobni ochdilar. “Andijon”da ham gol urish imkoniyatlari bo‘ldi. Bir vaziyatda Bektemir Abdumannonovning jarima zarbasidan yo‘llagan to‘pi to‘singa tegib maydonni tark etdi. Yana bir holatda Vladimir Bubanya burchakdan uzatilgan to‘pdan so‘ng boshi bilan zarba yo‘lladi, xavfli chiqdiyu, biroq mezbonlar arang qaytarib qoldilar.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Yovan Jokich hisobni 2:0 ga oshirdi. “Andijon” esa 88-daqiqada bir bor javob qaytardi. Zaxiradan maydonga tushgan Armin Boshnyak ikki himoyachi qurshovida bo‘lishiga qaramasdan O‘tkir Yusupov darvozasiga yo‘l topa oldi. E’tiborlisi, “Burgutlar” bu golni maydonda 10 futbolchi bo‘lib qolganida kiritishdi. Chunki 75-daqiqada Sardor Azimov bosh hakamning VAR tizimidan foydalanganidan keyin qizil kartochka ko‘rsatilishi evaziga maydonni erta tark etdi.

O‘yin 2:1 hisobida “Navbahor”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdan keyin ikkala jamoa muxlislari futbolchilarni olqishladilar. Ayniqsa, “Andijon” ishqibozlari o‘z suyuklilarini garchi yutqazganiga qaramasdan ularga dalda va qo‘shimcha motivatsiya bag‘ishlash uchun yanada faol va ishtiyoq bilan qo‘llab, qarsaklar bilan kuzatib qo‘yishdi.

“Navbahor” – “Andijon” – 2:1 (1:0).

21 aprel. Namangan. “Markaziy” stadion. 11153 tomoshabin.

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Aleksandr Sidorov, Shoxruh Maqsudov.

Zaxira hakami: G‘ayrat Jo‘raev.

VAR: Aziz Asimov

AVAR: Shoxruh A’zamov

Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘aev

Komissar: Said Shoxruh

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Azim Ahmedov, Filip Ivanovich, Farruh Sayfiev, Yovan Jokich, Odil Hamrobekov, Asadbek Sobirjonov (Ibrohim Yo‘ldoshev, 78), Jamshid Boltaboev, Abror Ismoilov, Jamshid Iskanderov, Toma Tabatadze (Giorgi Nikabadze, 83).

“Andijon”: Igor Litovka, Vladimir Bubanya, Islom Mamatkazin, Abduvohid G‘ulomov, Sardor Azimov, Sherzod Esanov (Abdurahmon Komilov, 80), Farhod Bekmuratov, Bektemir Abdumannonov (Armin Boshnyak, 56), Ilhom Abdug‘aniev (Levan Arveladze, 56), Farhod Sohibjonov (Demir Imeri, 86), Rustam Turdimurodov (Luka Zgurskiy, 80).

Gollar: Toma Tabatadze, 20-pen. – 1:0. Yovan Jokich, 59 – 2:0. Armin Boshnyak, 87 – 2:1.

Ogohlantirishlar: Farruh Sayfiev, 70 – Ilhom Abdug‘aniev, 46. Bektemir Abdumannonov, 51. Vladimir Bubanya, 89.   

Chetlatish: Sardor Azimov, 75.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Камбарали дехконов
22/04/2024 14:39
Навбохорди иккинчи голида офсайд бор эди
Абдухаликов Мухаммад
22/04/2024 09:44
Судя сотилганга ухшайди
&
Адхамжон Низомов
22/04/2024 06:12
Судья пидарас.