
“Napoli” o‘ziga yangi hujumchi topdi
“Bolonya” jamoasining hujumchisi Simone Verdi yozgi transfer oynasida “Napoli”ga o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda Corriere dello Sport gazetasi xabar berdi.
Neapolliklar rahbariyati Verdini qishda o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgandi, biroq futbolchi amaldagi klubidan ketishni istamagan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Bolonya” Verdini 22 million evrodan kam bo‘lgan narxga sotmaydi. Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgani va yaqin orada shartnoma tuzilishi ma’lum qilimoqda.
Fikrlar