"Nasaf" bugun ikkita nazorat bahsida maydonga tushadi
Xabaringiz bor, Qarshining "Nasaf" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonining so‘ngi bosqichini Turkiyaning Antaliya shahrida olib bormoqda. Ushbu yig‘in doirasida "ajdarlar" 6 ta nazorat uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan edi.

Bugun Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushishadi. Aslida "Nasaf" bugun faqatgina Ozarbayjonning "Neftchi" jamoasiga qarshi o‘ynashi kerak edi. Ammo kecha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, ammo noqulay ob-havo sabab qoldirilgan Kiprning AEL jamoasiga qarshi uchrashuv ham bugun bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Bokuning "Neftchi klubiga qarshi uchrashuv bugun, Antaliya shahridagi “Bellis Deluxe” mehmonxonasi maydonida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.



Fikrlar