
"Nasaf" hujumchisi faoliyatini Evropada davom ettirishi mumkin
"Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqov legionerga aylanishi kutilmoqda.
SPORTS.UZ saytiga ma’lum bo‘lishicha, hujumchi faoliyatini Gretsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Aynan qaysi klub ekanligi hozircha sir tutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Bobirning "ajdarlar" bilan amaldagi shartnomasi yakuniga etgan. Uning xizmatiga O‘zbekiston klublaridan ham takliflar bor. Voqealar rivojini bizning saytda kuzatib borishda davom eting.
Fikrlar
Berdiyevda Akademiya bor!
Darvoqe Ro'ziqul Berdiyevni "Yil murabbiyi" unvoni bilan butun Nasaf fudbol muhlislari tomonidan tabriklaymiz!