"Nasaf" ikkinchi "zona"da harakat qilsa "Paxtakor" yutadi, "Bunyodkor"ni qanday o‘ynaganini ko‘rdingiz..." yoxud Superligada super to‘qnashuvlar

  • 3 may, 2022, 23:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

5 may kuni Superligamizning navbatdagi turiga start beriladi va 7 mayda yakun topadi. Bu safar ham jiddiy bahslar bor.

Tecno

Ayniqsa, “Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvi shubhasiz turning markaziy o‘yini sanaladi. “Surxon” esa chempionatda yagona g‘alaba qozonmagan klub bo‘lib turibdi.

FIFA va OFK instruktori tajribali Islom Ahmedov tur oldidan jamoalarning imkoniyatini baholadi.  

5 may (payshanba)

“Neftchi” – “Lokomotiv”

- Jamoalarning imkoniyati 60x40. Nimaga deganda, “Lokomotiv” hozir bir xil saviyada o‘yin ko‘rsatmayapti. Jamoa hali to‘liq shakllanib ulgurmagan, ularga vaqt kerak. “Neftchi” ham deyarli shunaqa vaziyatda. Ammo ularning oxirgi turlardagi o‘yinlarini tomosha qildim, asta-sekin o‘ziga kelyapti.

mirzoxid1_3

“Olimpik” – “Dinamo”

- Bu juftlikda ham “Olimpik”ning imkoniyatini 60 foiz baholayman. Bu jamoa zamonaviy futbol ko‘rsatyapti. Tarkibi yosh. O‘yindan-o‘yinga tajribasini oshirishyapti. “Olimpik” to‘pni yo‘qotganda yoki boshqa holatda bo‘lsin, umuman har bir vaziyatda bosim o‘tkazyapti. Mana shunga 90 daqiqa chidab o‘ynayapti. “Dinamo”ga bu uchrashuvda qiyin bo‘ladi.

olimpik1_2

6 may (juma)

“Surxon” – “Qo‘qon-1912”

- O‘ylaymanki, ushbu juftlikda “Surxon”ning imkoniyati biroz yuqoriroq. Jamoaning “Lokomotiv”ga qarshi o‘yini juda yoqdi. Bunday o‘yin bilan mag‘lubiyatga loyiq emasdilar. “Surxon”da o‘yin sur’ati bor, yigitlarning harakati yaxshi. Faqat oxirgi zarbada omad etishmayapti. “Qo‘qon-1912” ham yaxshi jamoa. Ammo “Surxon”ning usuli ko‘proq yoqyapti.

surxon_2

“Metallurg” – “Qizilqum”

- Mazkur juftlikda 40-60 “Qizilqum” foydasiga. Sababi, “Qizilqum”da o‘yin bor, o‘yinchilar bor. “Metallurg”ni qanaqa futbol ko‘rsatayotganini hozircha tushunish qiyin. Jamoada o‘yin bor yoki yo‘qligi ko‘rinmayapti. Masalan, “Olimpik”, “Nasaf” kabi jamoalarda o‘yin ko‘rinyapti. Bekobodliklar taktikani o‘zgartirmayatpi. 90 daqiqa davomida bir xil holatda. Lekin bu Superliga. Bu erda vaziyatga qarab o‘yin ko‘rsatish kerak. “Qizilqum” esa har tomonlama yaxshi o‘yin namoyish qilyapti.

“Navbahor” – “Bunyodkor”

- “Navbahor”ning g‘alaba qozonish imkoniyati ko‘proq, 70 foiz. “Bunyodkor”ning o‘tgan turda o‘z maydonida “Olimpik” bilan qanday o‘ynaganini ko‘rdingiz. Ochiq futbol desak noto‘g‘ri bo‘ladi. Maydon bo‘yicha hammasi yoyilib ketgan. Zamonaviy futbolda bunday o‘ynash juda qiyin. “Navbahor” o‘yindan-o‘yinga barqarorlashib, qo‘shib boryapti. “Navbahor” darvozasiga gol urish qiyin. Agar tavakkal yoki tasodif bo‘lib qolmasa, yana bilmadim.

bunyodkor4

7 may (shanba)

AGMK – “So‘g‘diyona”

- Jamoalarning imkoniyati 50x50. “So‘g‘diyona” uyda o‘ynaydimi, safardami farqi yo‘q, jangovar jamoa. Himoyada yaxshi o‘ynayapti va qarshi hujumlari juda xavfli. Shu bois AGMKga qiyin bo‘ladi.

“Nasaf” – “Paxtakor”

- Tarkibdagi futbolchilar bo‘yicha “Paxtakor” eng kuchli jamoa. Ularning zaxirasi ham kuchli. “Nasaf” yosh jamoa, deyarli “Olimpik”ka o‘xshaydi. To‘g‘ri, 2-3 ta yoshi katta tajribali futbolchilari bor. Qolganlari yoshlar. Natija “Nasaf” qanday taktikani qo‘llashiga bog‘liq. Agar ikkinchi “zona”da – himoyada o‘ynasa “Paxtakor” yutadi. Lekin qarshiliklar bosim o‘tkazib o‘yin ko‘rsatsa, g‘alaba qozonishadi. Qanaqa taktika tanlanishiga ko‘p narsa bog‘liq. “Nasaf” Osiyo Chempionlar ligasida namoyish etgan o‘yinini ko‘rsatsa yutadi. Ammo “Paxtakor” har tomonlama kuchli. Biroq raqib jiddiy bosim o‘tkazadigan bo‘lsa, “Paxtakor” qiynaladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Nasaf Qarshi
04/05/2022 12:43
Пахтакор химояда уйнаса ютказиши аникку, химояни узи булмаса, Черан травма, Аьзамов ва Собирхужаев кизил булса, кандай килиб химоявий уйнаш мумкин, футболни тушунадиган мутахассислардан прогноз суранглар. Биринчи таймнинг узида хисоб 2-0 булади! Насаф химояси ва ярим химояси, дарвозабон номер 1 ку, илохим куз тегмасин.Смайлагич шу уйинда гол муаллифи булади. Хамма мухлисларни марказийга чорлаймиз!
Komiljon Boborasulov
05/05/2022 16:27
Nasaf bilan Olimpikni qanday qilib tenglashtirish mumkin, Hali endi Superligaga chiqqan jamoani Nasafga tenglashtirish, bu juda xato..
Abbos Eshtemirov
05/05/2022 15:11
Nasaf nima bo'lsa ham hakamlar ustidan g'alaba qozonishi kerak Paxtakorni mag'lubiyatga uchratsa bo'ladi lekin hakamlarni mag'lub etish qiyin Hakamlarga omadsizlikni tilayman
&
Ғуломов Тўлқинжон
04/05/2022 14:56
Насаф-Пахтакор учрашувида ким ғалаба қозониши кўпроқ хакамга боғлиқ бўлса керак ......?
Барибир Насафга омад
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
04/05/2022 14:08
Pahtakor muhlislarni oldiga aybini yuvush uchun ham jonini berib uynaydi. lekin tan olish kerak nicha yilderku Nasaf har jabhaga uyin taraflama kuchli.
Shohijahon Axmatov
04/05/2022 09:35
Nasaf Hakamla bilanam oynidi shuniyam inobatga olish kere