“Nasaf” qay tarzda g‘alaba qozondi? O‘yinda nimalar ro‘y berdi?

  • 16 mart, 2022, 03:10
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasi o‘tish bahsida “Nasaf” BAAning “Baniyas” klubi bilan kuch sinashdi. Bellashuvda qarshiliklar 2:0 hisobida zafar quchdi.

“Nasaf” dastlabki daqiqalarda tezkor gol urish uchun harakat qildi. Ammo qarshiliklar qanotdan to‘pni jarima maydoniga etkazib berishda qiynaldi, uzatmalar amalga oshishida muammolar yuzaga keldi. To‘p raqib futbolchilariga tegib qolaverdi.

Shundan keyin mezbonlar jonlandi. Birin ketin vaziyatlar yaratildi. Xatto 3 bor aniq zarba berildi. Ammo Umidjon Ergashev ishonchli o‘ynadi.

Raqib safida Nikolas Ximenes barchadan ajralib turdi. 2 ta futbolchini aldab o‘tishda qiynalmadi, darvozaga zarbalar berdi. “Nasaf”da esa Ivan Solovyov erkin futbolchi sifatida harakat qildi. Xatto u pleymeyker vazifasini yaxshi bajardi. Avvallari Solovyov to‘p bilan o‘zi katta hududni bosib o‘tardi. Berdiev unga vingerlikdan pleymeyker rolini topshirdi. Natijasi 27-daqiqada ko‘rindi. Aynan Solovyovning uzatmasidan so‘ng chap qanot himoyachisi Sherzod Nasrullaev jarima maydoniga yorib kirib, darvozaga to‘pni joylab qo‘ydi.

OChL o‘tish o‘yinida g‘alaba qozongan "Nasaf" qaysi guruhdan joy oldi?

photo_2022-03-15_20-09-59

Ikkinchi bo‘limda “Nasaf” hisobdan kelib chiqib himoyaviy taktika tanladi. Ya’ni qarshi hujum asosiy qurolga aylandi. Bu pallada mezbonlarning hujumlari ko‘payib, xavf ortdi. Buni anglagan Ro‘ziqul Berdiev 60-daqiqada Ivan Solovyovni Suhrob Nurulloevga almashtirdi. Bu orqali hujumlari ortayotgan maydon egalarini murabbiy yanada tezkor futbolchi bilan qarshi hujumda jazolashni maqsad qildi.

Ikkinchi taymda ham Nikolas Ximenes faolligi bilan ajralib turdi. Biroq uning harakatlarini Umidjon Ergashev bartaraf etdi. Iqtidorli posbon tajriba to‘plamoqda.

"Nasaf" OChLdagi 9-g‘alabasiga erishdi. Boshqa klublarimizning natijalari qanday?

photo_2022-03-15_21-42-08

75-daqiqada Husayn Norchaev himoyachilarning e’tiborsizligi natijasida jarima maydoni ichidan darvozani ishg‘ol qildi. Hujumchi gol urganidan so‘ng shu erda ekanligini ishora qilib qo‘ydi. Bu “Nasaf”ning oxirgi o‘yinlaridan keyingi tanqidlarga javob bo‘lsa, ajab emas.

"So‘g‘diyona" ilk bor OFK kubogida o‘ynaydi. Baqoev shogirdlari kimlar bilan kuch sinashadi?

photo_2022-03-15_20-09-35

So‘nggi daqiqalarda “ajdarlar” 3-golni urishlari mumkin edi. Biroq Semir Smaylagich 3 metrdan darvozaga to‘pni kirita olmadi. Posbon xavfni bartaraf etdi. “Nasaf” zafar quchdi. Ushbu g‘alaba orqali qarshiliklar “So‘g‘diyona”ga quvonch ulashdi. Chunki endi jizzaxliklar OFK kubogida qatnashadi. Ulug‘bek Baqoev jamoasi ilk bor xalqaro turnirga yo‘l oldi.

Uchrashuvdan muxlislarning ko‘ngli to‘ldi. Shu bilan birga muammolar etarli edi. Balki g‘alaba fonida bu bilinmas. Biroq g‘alabalar bilan birga kamchiliklar ham o‘zimizniki. Masalan, jamoa oldinga o‘tganda himoyachilar qarshi hujumga tayyor emas, ortda qolishi kerak bo‘lganlar hujumga berilib ketdi. Ishonchli himoyachilar deya sanalayotgan “Nasaf”ning qo‘rg‘oni ayrim pallada bosimni ko‘tara olmadi. Yaxshiyamki, raqib vaziyatlardan foydalana olmadi.

"Paxtakor"ning OChL guruh bosqichdagi barcha raqiblari ma’lum (Taqvim)

photo_2022-03-15_20-40-01

O‘yindan oldin SPORTS.uz saytining “youtube”dagi sahifasida Ro‘ziqul Berdiev mavsum boshidagi Superkubok va Superligadagi uchrashuvlarni qurbon qilayotganini aytgandim. Ya’ni “Nasaf” OChLda guruh bosqichiga chiqish uchun hamma kartalarni ochmadi. Murabbiy o‘yin uslubini biroz o‘zgartirgani ko‘ringandi. Bular besamar ketmadi. Boy berilgan ochkolar va sovrin OChL fonidagi g‘alabada bilinmay qoladi.

 

Ha aytgancha, uchrashuvdan avval telegramdagi sahifamizda audio chat tashkil qilgandik. O‘shanda bir foydalanuvchi o‘yindagi hisobni nafaqat to‘g‘ri topgan, balki gollar qaysi taymlarda kiritilishini ham aniq aytib bergandi. Futbolning ashaddiy muxlislari shudir aslida!

Endi “Nasaf” OChLda “E” guruhini to‘ldirdi. Ushbu kvartetda "Al Sadd" (Qatar), "Al Faysali" (Saudiya Arabistoni), "Al Vihdad" (Iordaniya) klublari mavjud. Jamoaning navbatdagi maqsadi guruhdan chiqish.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Farrukh Ergashev
16/03/2022 05:55
Olg'a Nasaf o'zbek fudbolini dunyoga tanitgin biz senga ishonamiz