
"Nasaf" safini kimlar tark etdi, yana kimlar jamoa safiga qo‘shib olindi?
O‘zingizga ma’lum, yangi futbol mavsumi oldida "Nasaf" jamoasi tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi.
O‘tgan mavsumda "ajdarlar" tarkibida to‘p tepgan rossiyalik yarim himoyachi Ivan Solovyov, himoyachi Dilshod Saitov, yarim himoyachi Sharof Muhitdinov klubni tark etdi. Shuningdek, jamoaning yana bir yarim himoyachisi Murodbek Rahmatov Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga ijaraga berildi.
Qarshiliklarni tark etgan futbolchilar o‘rniga yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolanganidan xabaringiz bor. Xususan, o‘tgan mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasida harakat qilgan Javohir Siddiqov, Navoiyning “Qizilqum” jamoasida o‘ynagan yarim himoyachi Shuhrat Muhammadiev va Tojikiston milliy terma jamoasi a’zosi Muhammadjon Rahimov klubga taklif etildi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi O‘zbekiston kubogi sohiblari xorijiy yig‘inni o‘tkazish uchun 27 yanvar kuni Turkiyaga uchib ketadi.
Manba: "Nasaf" PFK matbuot xizmati.
Fikrlar