
"Navbahor" 24 yil deganda uddaladi. Namangan klubi haqida qiziqarli fakt
Bugun Namanganning "Navbahor" klubi O‘zbekiston kubogi ikkinchi yarim final uchrashuvi doirasida Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubiga qarshi bahs olib borib, penaltilar seriyasiga ko‘ra g‘alaba qozondi.
Bu orqali "lochinlar" o‘z tarixida 5-marta O‘zbekiston kubogi finaliga yo‘llanma oldi. Bungacha namanganliklar 1992, 1993, 1995 va 1998 yillar musobaqaning yakuniy bosqichiga chiqishni uddalagan.
"Navbahor" ushbu bahslarning 3 martasida bosh sovringa ega chiqqan bo‘lsa, bitta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan. Qiziqarli fakt shundaki, "lochinlar" O‘zbekiston kubogining ilk sohibi ham hisoblanadi.
Namangan klubi musobaqa tashkil etilgan 1992 yilda kubokni o‘ziniki qilishni uddalagan. Ular finalda "Temiryo‘lchi" (hozirgi "Qo‘qon-1912") jamoasini penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etib (0:0. Penaltilar seriyasi - 6:5), bosh sovringa ega chiqishgan.
Fikrlar