
"Neftchi" va "Qo‘qon-1912" jamoalari norasmiy vodiy derbisida ishtirok etishdi
Bugun Vitaliy Levchenko shogirdlari Superliganing navbatdagi tur bahsiga tayyorgarlik olib borish jarayoni doirasida rejalashtirilgan ikkinchi nazorat bahsida maydonga tushdilar.
Bu safargi raqib «Qo‘qon-1912» jamoasi bo‘ldi. Aytib o‘tish joizki, murabbiylar uchrashuv davomida har ikkala taymda barcha futbolchilarga imkon berishga harakat qilishdi.
Bellashuv keskin kurashlar ostida kechgan bo‘lsa-da, darvozalar daxlsizligi saqlangan holda hisob nursiz durang bilan o‘z nihoyasiga etdi.
Endi navbat chempionat o‘yinlariga beriladi. Jamoamiz a’zolari Superliganing 20-tur bahsini Toshkentda mahalliy «Lokomotiv» klibiga qarshi o‘tkazadi.
"Neftchi" — "Qo‘qon-1912" - 0:0
27 sentyabr. Qo‘qon shahri «Markaziy» stadion.
Bosh hakam: Doston Mirzarimov.
"Neftchi": Evgeniy Konyuxov, Salamat Quttiboev (Muxsin Ubaydullaev), Aleksey Larin (Darko Stanoevich), Nodirhon Ne’mathonov, Umar Adhamzoda (Abbos G‘ulomov, 38), Sirojiddin Qo‘ziev, Fozil Musaev (Abror Ismoilov, 46), Mirzohid G‘ofurov (Doniyor Valiev, 46), Lutfulla To‘raev (Doniyor Madaminov, 46), Sunnatillo Abdulajonov (Shahzod Ubaydullaev, 46), Izzatilla Abdullaev (Fahriddin Muxammadov, 46).
“Qo‘qon 1912” tarkibi: Islom Abdullaev Slavko Lukich, Dilshod Rahmatullaev, San’at Shixov, Andrey Sidorov, Sardor Azimov, Avazxon Mamatxo‘jaev, Oybek Rustamov, Murodjon Komilov, Sardor Etvoqo‘ziev, Bilolxon Toshmirzaev.
“Neftchi” matbuot xizmati.
Fikrlar