
Neymar PSJdan ketganining asl sababini ochdi
“Al-Hilol” futbolchisi Neymar 2023 yilning yozida kutilmaganda Evropani tark etishga qaror qildi. PSJ hujumchisi klub bilan shartnomasi bo‘lishiga qaramay, Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi.
Braziliyalik yulduz nega bu yo‘lni tutganini ochiqladi.
- Men PSJdan ketishga qaror qilishim bilan “Al-Hilol”dan zo‘r taklif tushdi. Parijda o‘zimni baxtiyor his qila olmayotgan edim. Klub va bosh murabbiy meni jamoada ko‘rishni istamas edi.
Ular bu haqida menga gap ocha boshladi va bir qarorga kelish vaqti etib kelgandi. O‘zimga “Al-Hilol” taklifi ma’qul bo‘ldi. Bu erda yangi klub, mahalliy madaniyat va milliy chempionat bilan tanishdim, - dedi Neymar.
Neymarning Osiyo futbolidagi faoliyati muvaffaqiyatli chiqmadi. “Al-Hilol”ga kelganidan keyin beshta o‘yinda ishtirok etdi. Keyin 2023 yilning oktyabrida Braziliya terma jamoasi safida og‘ir jarohat olib, bir yildan ortiq davolandi.
Joriy mavsumda ikki o‘yinda jami 42 daqiqa to‘p tepgan Neymar yana shikastlanib, bir necha hafta davolanishiga to‘g‘ri keldi.
Fikrlar