
Neymarga kutilmagan variant chiqdi. Messi bundan g‘azabda!
Neymar faoliyatini AQShda davom ettirish imkoniyatiga ega. Braziliyalik yulduzning Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tgani o‘yin borasida hech qanday samara bergani yo‘q.
2023 yilning yozida “Al-Hilol”ga qo‘shilgan 32 yoshli hujumchi og‘ir jarohatlar tufayli 2025 yilning boshiga qadar atigi ettita o‘yinda qatnashdi xolos.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Neymarni “Chikago Fayr” yozda erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Chikagoliklar mashhur futbolchi bilan hamkorlik o‘rnatish borasida muzokaralarni boshlab yubordi.
Ma’lumotlarga qaraganda, bu vaziyat MLS yulduzi Lionel Messiga yoqmagan. Argentinalik to‘purar “Barselona” va PSJdagi sobiq jamoadoshi Neymarni “Inter Mayami”da kutmoqda.
Messi xuddi Kataloniyada bo‘lgani kabi “Inter Mayami”da ham Luis Suares va Neymar bilan birga kuchli hujum uchligini tashkil qilmoqchi.
Fikrlar