N’Golo Kante Superliga klubi bilan muzokara olib bormoqda
Frantsiya terma jamoasi va "Al-Ittihod" klubi yarim himoyachisi N’Golo Kante Evropaga qaytishga yaqin.
Gap shundaki Turkiya Superligasi yetakchilaridan biri " Fenerbaxche" frantsiyalik futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda. Taniqli insayder Fabrizio Romano bergan xabarlarga ko‘ra, Kante va "Fenerbaxche" o‘rtasida shaxsiy shartlar bo‘yicha deyarli kelishuvga erishilgan. "Al-Ittihod" bilan esa muzokaralar davom etmoqda. Saudiya klubi futbolchi uchun tovon puli talab qilmoqda. 34 yoshli futbolchi 2023 yilda erkin agent sifatida "Chelsi"dan "Ittihod"ga ko‘chib o‘tgan edi. Shu vaqtgacha bu jamoa safida 101ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi.
Ma’lumot uchun, xavbekning "Al-Ittihod" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakuniga yetadi.
Fikrlar