Niko Pas "Real"ga qaytishdan bosh tortdi
"Komo" yarim himoyachisi Niko Pas Italiyada qolishga qaror qildi.
Insayder Fabrizio Romanoning ma'lum qilishicha, argentinalik futbolchi yana bir mavsum "Komo" safida harakat qilish niyatida va hozircha "Real Madrid"ga qaytishni istamayapti.
Manbaga ko‘ra, yakuniy qaror baribir "qirollik klubi"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyoga bog‘liq bo‘ladi.
2025/26 yildgi mavsumda Pas Sesk Fabregas qo‘l ostida 40 ta uchrashuvda qatnashib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar