Nursulton Ro‘ziboev ertaga Milanda jang qiladi

CHERY AUTO

Yurtimiz MMA olamining eng ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Nursulton Ro‘ziboev (30-8-2) ertaga o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. 

Tecno

Xabaringiz bor, u Bahraynning “Breve CF” promousheni bilan shartnoma imzolagan va unda muvaffaqiyatli yurishini boshlagan edi. Ya’ni, Manamada bo‘lib o‘tgan “Breve CF 47” turnirida frantsiyalik Ibrohim Maneni "Slam" uslubida nokautga uchratgandi.

Hamyurtimiz navbatdagi jangini 1 avgust kuni aynan ushbu promoushenning Italiyaning Milan shahrida tashkil qilinadigan kechasida o‘tkazadi. Nursultonga ertangi jangda rossiyalik Abdul Abduraguimov (12-1-0) raqiblik qiladi.

Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!