"Ochig‘i, bosh murabbiyning javobidan hayron qoldim" yoxud Baxtiyor Ashurmatov Katanets haqida: "Muxlislarimizning mehrini qozonish oson ish emas"

  • 22 sentabr, 2022, 08:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyadagi yig‘inga yo‘l oldi. U erda vakillarimiz Kamerun va Kosta Rikaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida qatnashadi.

Tecno

Ma’lum tanaffusdan so‘ng yana to‘plangan terma jamoamiz barchamining e’tiborimizda. Shuning uchun bosh murabbiy Srechko Katanetsning tanlagan tarkibi, matbuot anjumanidagi fikrlari va uning o‘yin uslubi qizg‘in bahs-munozaralarni keltirib chiqaryapti.

Yurtimizdagi ko‘zga ko‘ringan murabbiylardan biri Baxtiyor Ashurmatov ham terma jamoa masalasida o‘z qarashlarini aytdi.

Kamerun va Kosta Rikaga qarshi o‘yinlarning biz uchun foydali tomonlari qanday?

- O‘zbekiston terma jamoasi uchun Kamerun va Kosta Rika kabi raqiblarga qarshi o‘yinlar o‘tkazishi juda foydali. Terma jamoamizning saviyasini Katanetsning bir yil davomida qanaqa ish olib borganini, termamiz Katanets xohlagan o‘yin uslubiin qanday o‘zlashtirganini, tarkibimizdagi yigitlarimiz salohiyatini bilib olish uchun shunaqangi kuchlib raqiblar bilan o‘ynash kerak, deb hisoblayman. Tailand, Shri-Lanka singari Osiyo jamoalari bilan uchrashuvlarda jamoa o‘yiniga aniq baho berish mushkul. O‘zbekiston terma jamoalar markazining o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun shunday kuchli raqiblar topishgani ham maqtovga loyiq. Jonkuyar muxlislarimiz ham saviyali raqiblarga qarshi o‘yinlar orqali o‘zlarini qiziqtirgan ko‘p savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu o‘yinlarda terma jamoamiz futbolchilariga omad tilab qolaman.

katanets_1

Katanetsning matbuot anjumanida aytgan barcha fikrlariga qo‘shilasizmi?

- Katanets ishtirokidagi matbuot anjumanini o‘qidim. Uning javoblarini, fikrlariin tahlil va tanqid qilish fikridan yiroqman. Yaxshi saviyadagi murabbiyligi uchun unga O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligini topshirishgan. Tarkib tanlashni, qanaqa o‘yin uslubida terma jamoani o‘ynatishini, qay tarzda tayyorgarlik ko‘rishini uning o‘ziga qo‘yib berishimiz kerak. Uni qo‘llab-quvvatlashimiz darkor. Lekin bitta javobiga qo‘shilmagan bo‘lardim. Terma jamoada raqobat bo‘lishi kerak emas, deb aytgan. Lekin meni fikrimcha, raqobar har doim, har qaysi jamoada, har qanday sport turida va har bir sohada bo‘lishi kerak. Raqobat bor joy o‘sish bo‘ladi.

Ro‘yxatga kiritilmagan futbolchilardan qaysilari munosib?

- Bu yilgi mavsumda chempionatda o‘zini har tomonlama ko‘rsatayotgan bir nechta futbolchilar terma jamoa tarkibidan tushib qolganlar. Bular qatoriga Belarus chempionatida o‘ynayotgan Bobur Abduholiqov, “Navbahor”dagi Jamshib Boltaboev yoki Jamshid Iskanderov, “So‘g‘diyona”dan Jo‘rabekov va Norxonovni ham qo‘shishimiz mumkin. Lekin terma jamoa tarkibini bosh murabbiy hal qiladi. O‘zining o‘yin uslubiga mos bo‘lgan o‘yinchilarni taklif qiladi. Balki bu futbolchilar qaysidir kriteriyalar bo‘yicha bosh murabbiyning uslubiga mos tushmagani uchun ham chaqirilmagandir. Buni Katanetsning o‘zi biladi va o‘zi hal qiladi. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, terma jamoamizda yoki boshqa joyda qaysi murabbiy ishlashidan qat’iy nazar baribir qaysidir o‘zini yaxshi ko‘rsatib turgan futbolchilar tarkibdan tushib qolgan. Buni biz to‘g‘ri qabul qilishimiz hamda murabbiyga ishonch bildirishimiz kerak. Chunki natijaga bosh murabbiy javob beradi. O‘yin uslubini u tashkillashtiradi. To‘g‘ri, agar jahon chempionatiga chiqmasak, O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli qatnashmasa bundan futbolimiz zarar ko‘radi va yana muxlislarimiz aziyat chekadi. Lekin futbolimiz rahbarlari Katanetsni terma jamoamizga munosib nomzod ko‘rishgan ekan, biz uni qo‘llashimiz kerak va tanlagan tarkibini qabul qilishimiz kerak, deb hisoblayman.

katanets2_1

Alohida mavzuga aylangan Jamshid Iskanderov to‘g‘risida

- Tan olish kerak, Jamshid Iskanderov bu yil “Navbahor” tarkibida o‘zining yaxshi mavsumlaridan birini o‘tkazyapti. U muxlislarga yoqadigan futbol namoyish qilyapti. Ajoyib paslari bilan ajralib turibdi. Raqib darvozalariga bir nechta chiroyli gollarni ham urdi. O‘z o‘yini bilan terma jamoaga chaqirilishga munosib nomzod edi. Aytib o‘tganimizdek, tarkibni terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets hal qiladi. Buni to‘g‘ri qabul qilish kerak. Ammo gapning ochig‘i, Iskanderov haqidagi savolga bergan javobidan hayron qoldim. Boshida menimcha noto‘g‘ri tarjima qilingan bo‘lsa kerak, degan fikrga bordim. Chunki aytaylik, futbolchining bo‘yiga qarab tarkib tanlanadigan bo‘lsa, muxlislar ham ko‘plab fiklar bildirishyapti. Jurnalistlar ham munosabatlarini aytishyapti. Dunyo futbolida past bo‘yli yaxshi saviyadagi futbolchilar juda ham ko‘p. Mayli, Messini ko‘shmaylik, u katta iqtidor egasi. O‘zimizni futbolda ham Server Jeparov bo‘yi past bo‘lishiga qaramasdan yaxshi saviyada futbol o‘ynagan. Mirjalol Qosimov ham juda bo‘ydor bo‘lmagan. Lekin ular aql va yurakdan o‘ynashgan. Xavi, Inesta, Kante...Bunday o‘yinchilar ko‘plab topiladi. Shuning uchun bo‘yi pastligi uchun terma jamoaga chaqirilmadi, degan fikrga qo‘shilmagan bo‘lardim. Futbolda faqat bo‘yi bilan emas, balki aql bilan ham o‘ynaladi. Futbolchi ajoyib paslari bilan ham terma jamoaga jalb qilinishi mumkin. Balki Jamshid murabbiyning qandaydir uslubiga mos kelmagani uchun chaqirilmagandir.

katanets1_1

Bosh murabbiyning o‘yin uslubida yangilik ko‘ryapsizmi?

- Katanetsning o‘yin uslubida qanday yangiliklar borligini Kamerun va Kosta Rika kabi kuchli terma jamoalar bilan o‘yinlarda ko‘rib olishimiz mumkin. Hurmat qilgan holda aytamizki, baribir Tailand terma jamoasi Osiyoning grandlari qatorida emas. Bunday uchrashuvlarda xolis baho berish qiyin edi. Aniq bahoni natijalar va o‘yin uslubiga qarab jonkuyar muxlislarimiz berishadi. Agar ishqibozlarning mehrini qozona olsa, shunda Katanets yaxshi saviyadagi murabbiy ekanligini isbotlay oladi. Bizning muxlislarning mehrini qozonish oson ish emas. Yaxshi natijalardan tashqari chiroyli futbol ham ko‘rsatish kerak. Chunki O‘zbekistonda futbolni yaxshi tushunishadi, qadrlashadi va sevishadi. Katanets raqiblarini qanaqa taktik yangiliklari bilan hayron qoldira olganini vaqt o‘tganidan keyin bilib olamiz. Umid qilamanki, murabbiy o‘zbek muxlislarining mehrini qozonadi va barchamizda o‘chmas iz qoldira oladi. Bu yo‘lda unga omad tilayman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aziz Yuldashev
22/09/2022 15:56
Мураббийни ўзига қўйиб беринглар, натижа учун у жавобгар.
Шухрат Хусаинов
23/09/2022 14:33
Яна симпиозим. Соккали иш янги тренер чикиб колгандирда
&
Jahongir-707
22/09/2022 20:27
Одамларни чалгитманглар, битта мавзуни чайнаб. Искандаров нечча йил уйнади МТЖда. Нимани койиллатгандию, энди койиллатарди. Бундан кейин мураббий Искандеров Камерун билан уйинга мос эмас деди, уларнинг бари баланд буйли, бизга хам шунга мос футболчилар керак деди. Уни буйи пастлиги учун Термага чакирмайман демади, нима киласанлар гунг титиб.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
22/09/2022 20:03
ochigi bunchalik kup. kovlayapsizla. uzi fudbolchi deganga sela nimani tushunasizla bilmadim. Fudbolchiga klass bulmasa bevoyda. MTJ degani. uziga yarasha. masuloti bor. man shahsan hohlardim beronta mutahasis chiqib. hamma muhlislarga fudbolchilarni birma bir tushunterib bersa. yahshi bulardi