
Og‘ir atletika. Hamyurtlarimiz yana sovrindorlar qatorida
Nyu-Deli mezbonlik qilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha qit’a birinchiligining -64 kg vazn toifasida kechgan bahslarida Madinabonu Jo‘raeva va Asalxon Rajabova yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi.
Yoshlar toifasida qatnashgan Jo‘raeva dast ko‘tarishda 85 kg, siltab ko‘tarishda 105 kg hamda ikkikurashda 190 kg bilan barcha dasturda 3-o‘rnini egalladi. O‘smir qizlar bahsida esa Rajabova dast ko‘tarsish mashqini 77 kg bilan yakunlab, ushbu dasturda bronza medalini qo‘lga kiritdi. Sportchimiz siltab ko‘tarishda 90 kg va ikki kurash natijasiga ko‘ra 167 kg bilan 5-o‘rindan joy oldi.
Manba: MOQ
Fikrlar