Og‘ir atletika. Navro‘z Olimpiadasida 3 nafar vakilimiz sovridor bo‘ldi!

CHERY AUTO

O‘zbekistonlik sportchi qizlar Eronning Tehron shahrida o‘tkazilayotgan 1-Xalqaro Navro‘z Olimpiadasida ishtirok etayotgani haqida ma’lum qilgan edik. Bugun og‘ir atletikachilarimiz musobaqada 3 ta medalga sazovor bo‘lishdi.

Tecno

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, Nigora Abdullaeva -55 kg, Tursunoy Jabborova +81 kg vazn toifasida oltin, Rigina Adashbaeva esa -81 kg toifasida bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Abdullaeva ikki kurash bo‘yicha 180 (80+100) kg, Jabborova 240 (105+135) kg natija ko‘rsatdi. Adashbaeva esa 215 (100+115) kg toshni bo‘ysundirdi. Shuningdek, Sevinchoy Komilova (-71 kg) 192 (87+105) kg bilan to‘rtinchi pog‘onani egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!