Oliy Liganing o‘rtacha yoshini bilasizmi? (2-qism)

  • 24 mart, 2017, 22:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz SPORTS.uz internet-axborot portali Oliy Liga jamoalarining yangi mavsum uchun taqdim etgan futbolchilari bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni e’lon qilib kelmoqda.

Tecno

Bugun e’tiboringizga ushbu maqolamizning ikkinchi qismini havola etamiz unda siz Oliy Liganing qolgan 8 jamoasi statistkiaasi bilan birgalikda mavsumning eng yosh va eng faxriy yoshdagi darvozaboni, himoyachisi, yarim himoyachi va hujumchisi bilan tanishiningiz mumkin.

Demak, boshlaymiz...

“Sho‘rtan”: 42 nafar futbolchi.

Umumiy o‘rtacha yosh:  25 yosh;

Darvozabonlar: 23,4 yosh;

Himoyachilar: 25,4 yosh;

Yarim himoyachilar: 24 yosh;

Hujumchilar: 27 yosh;

Legionerlar: 36 yosh.

“Neftchi”: 40 nafar futbolchi.

Umumiy o‘rtacha yosh: 25 yosh;

Darvozabonlar: 25 yosh;

Himoyachilar: 23,9 yosh;

Yarim himoyachilar: 25,2 yosh;

Hujumchilar: 26,8 yosh;

Legionerlar: 31 yosh.

“So‘g‘diyona”: 39 nafar futbolchi.

Umumiy o‘rtacha yosh: 22,6 yosh;

Darvozabonlar: 20 yosh;

Himoyachilar: 21,9 yosh;

Yarim himoyachilar: 24,3 yosh;

Hujumchilar: 20,6 yosh;

“Qo‘qon-1912”: 39 nafar futbolchi.

Umumiy o‘rtacha yosh: 24,5 yosh;

Darvozabonlar: 25,5 yosh;

Himoyachilar: 21,17 yosh;

Yarim himoyachilar: 23,38 yosh;

Hujumchilar: 23,7 yosh;

Legionerlar: 27 yosh.

“Obod”: 40 nafar futbolchi.

Umumiy o‘rtacha yosh: 22,4 yosh;

Darvozabonlar: 22 yosh;

Himoyachilar: 23,58 yosh;

Yarim himoyachilar: 21,46 yosh;

Hujumchilar: 25,6 yosh;

Legionerlar: 31,5 yosh.

Dinamo: 40 nafar futbolchi.

Umumiy o‘rtacha yosh: 21,8 yosh;

Darvozabonlar: 24,3 yosh;

Himoyachilar: 22 yosh;

Yarim himoyachilar: 21,4 yosh;

Hujumchilar: 21,25 yosh;

Legionerlar: 22 yosh.

Shuningdek, endi bevosita joriy mavsum qaydnomasiga kiritilgan futbolchilarning yosh bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlarga alohida etibor qaratadigan bo‘lsak, mavsumning eng yosh jamoasi sifatida “Bunyodkor” klubini qayd etish lozim bo‘ladi. “Qaldirg‘ochlar” ushbu mavsumda o‘rtacha 20,15 yoshdagi tarkibga ega bo‘lishsa, eng yoshi katta jamoa sifatida esa 25 yoshni “urib qo‘ygan” “Neftchi”, va “Sho‘rtan” jamoalarini e’tirof etishimiz lozim. Shu va shu kabi ko‘rsatkichlar bilan quyida batafsilroq tanishishingiz mumkin.

Xususan, bu mavsumda darvoza chizig‘i bo‘yicha “eng yosh jamoa” “Nasaf” bo‘lib ushbu klub darvozabonlarining o‘rtacha yoshi 21,6 yoshni tashkil etadi. Bu borada eng yoshi katta jamoa esa “Lokomotiv” bo‘lib, klub darvozabonlarining o‘rtacha yoshi 29,1 ni tashkil etadi. Endi shu tariqa boshqa chiziqlarga e’tibor qaratamiz:

Himoyachilar:

Eng yosh jamoa: “Bunyodkor” – o‘rtacha 19,5 yosh;

Eng yoshi katta jamoa: “Olmaliq” – o‘rtacha 25,1 yosh.

Yarim himoyachilar:

Eng yosh jamoa: “Nasaf” – o‘rtacha 20,7 yosh;

Eng yoshi katta jamoa: “Neftchi” – o‘rtacha 25,2 yosh.

Hujumchilar:

Eng yosh jamoa: “Paxtakor” – o‘rtacha 20 yosh;

Eng yoshi katta jamoa: “Mash’al” – o‘rtacha 29,8 yosh.

Ushbu ko‘rsatkichlardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, joriy mavsumda “eng yosh chiziq” “qaldirg‘ochlar”ning himoya qo‘rg‘oni bo‘lsa, eng yoshi katta chiziq esa, “Mash’al” klubining hujum chizig‘idir.

Aziz o‘quvchilar, maqolamizning ikkinchi qismini ayni shu erda yakunlagan holda, keyingi qismimizni kutib qolishingizni tavsiya qilamiz. Ushbu qismda Oliy Ligada maydonga tushuvchi eng yosh futbolchi, eng yosh legioner va aksincha, chempionatning eng yoshi katta mahalliy futbolchisi va mavsumda qayd etilgan eng yoshi katta legioner haqidagi ma’lumotni e’tiboriningizga havola etamiz. SPORTS.uzni kuzatib boring. Biz bilan birga bo‘ling!  

<<<Birinchi qism

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!