"Olti ochkolik o‘yin, "Loko"da tushkunlik alomati bor, "Paxtakor" g‘alaba qozonsa kerak, sababi..." - terma jamoa ustozi tur oldidan yana nimalarni aytdi?

  • 29 sentabr, 2022, 00:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

Terma jamoamizning rejadagi o‘rtoqlik uchrashuvlari yakuniga etgach, yana asosiy e’tiborimiz ichki chempionatimizga qaratiladi. Superligada 20-tur uchrashuvlari 29 sentyabrdan boshlanadi va 3 oktyabrga qadar davom etadi. O‘zbekiston U-14 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov oldinda turgan muhim o‘yinlar borasida fikr bildirdi.

29 sentyabr (payshanba)

“Qizilqum” – “Metallurg”

- Bu uchrashuvda “Qizilqum”ni favorit deb bilaman. Bu jamoaning tarkibida baribir tajribali futbolchilar ko‘p. Turnir jadvaliga qarasangiz ham “Metallurg”dan yuqoriroqda turibdi. Lekin “Metallurg” ham yaxshi jamoa. Oxirgi turda “So‘g‘diyona” ustidan g‘alaba qozondi. Ammo bekobodliklarga barqaror o‘yin etishmayapti. “Qizilqum”da bu narsa hozircha saqlanib turibdi. Nazarimda, mezbonlar g‘alaba qozonsa kerak. Lekin katta hisob qayd etilmasa kerak, deb o‘ylayman.

kizilkum2_3

30 sentyabr (juma)

“So‘g‘diyona” – AGMK

- Bu printsipial raqiblar qarama-qarshiligi bo‘ladi. Hamma AGMK jamoasini chempionlikdan chiqardi. “So‘g‘diyona” esa chempionlik uchun kurashayotgan jamoa. Lekin Ulug‘bek Baqoev jamoasida oxirgi paytlarda qanaqadir pasayish kuzatilmoqda. Shunga qaramay, “So‘g‘diyona” o‘z uyida istalgan raqibga qarshilik ko‘rsata oladi. Menimcha, bu uchrashuvda durang bo‘lsa kerak.

sugdiyona1

1 oktyabr (shanba)

“Bunyodkor” – “Navbahor”

- “Navbahor” ham chempionlik uchun kurashayotgan jamoa. Har bir uchrashuvda maydonga g‘alaba uchun chiqyapti. “Bunyodkor”da o‘tgan turda murabbiy almashdi. Ivan Boshkovich yaxshi murabbiy. Lekin har bir murabbiyga o‘z g‘oyalarini etkazib berishi uchun ma’lum vaqt talab qilinadi. Ushbu juftlikda “Navbahor” g‘alaba qozonsa kerak.

bunyodkor yangi_2

2 oktyabr (yakshanba)

“Dinamo” – “Olimpik”

- “Dinamo” juda qiyin ahvolda. “Olimpik” raqibi kim bo‘lishidan qat’iy nazar hujumkor futbolni taklif qilyapti. Menimcha, bu uchrashuvda durang bo‘lsa kerak. “Dinamo” ham baribir oxirigacha kurashadi. Vadim Abramov ham oldiga maqsadlarni qo‘ygan.

dinamo yangi

“Paxtakor” – “Nasaf”

- Bu o‘zbek futbolida oxirgi paytlardagi eng printsipial jihatdan muhim o‘yinlardan biriga aylandi. Qiziqarli o‘yin bo‘ladi, deb o‘ylayman. Ikkala jamoa ham oxirgi paytlarda sifatli futbol namoyish qilyapti. Mening fikrimcha, ushbu o‘yinda “Paxtakor” g‘alaba qozonsa kerak. Sababi, “Paxtakor”ning o‘yindan-o‘yinga sifati oshib boryapti. “Nasaf” klubiga doim ham barqarorlik etishmay qoladi. Lekin bu futbol va hamma narsa bo‘lishi mumkin.

maks3_2

3 oktyabr (dushanba)

“Qo‘qon-1912” – “Surxon”

- Buni olti ochkolik o‘yin desak ham bo‘laveradi. Sababi ma’lum, ikkala jamoa ham pastki o‘rinlarda boryapti. “Qo‘qon-1912”ni yaxshi bilamiz, o‘z maydonida barcha raqiblariga muammolar tug‘dira oladi. Maydon egalari g‘alaba qozonsa kerak. To‘g‘ri, ”Surxon” o‘tgan turda g‘alaba qozondi, ularda ham ko‘tarinki kayfiyat hukmron. Har ikkisiga ham g‘alaba suv va havodek zarur. Baribir “Qo‘qon-1912”ning imkoniyatini baland deb hisoblayman. Davron Fayziev jamoasi barcha o‘yinlarda g‘alabaga yaqin kelyapti, faqat duranglar ko‘payib ketdi. “Surxon”ga qarshi bahs ko‘p narsani hal qiluvchi uchrashuvlardan biri.

qo‘qon1_2

“Lokomotiv” – “Neftchi”

- “Neftchi” jamoasini bilamiz, sekin-asta o‘ziga kela boshladi. Vitaliy Levchenko borgan sari jamoasini oyoqqa turg‘azyapti. Oxirgi o‘yinlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, “Lokomotiv”da tushkunlik alomati bor. “Neftchi” bo‘lsa, hozir yuqori tonusda. Shuning uchun farg‘onaliklarda g‘alaba qozonish imkoniyati ko‘proq bo‘lsa kerak. Server Jeparov “Lokomotiv”ni qiyin holatda qabul qilib oldi. Undan keyin jamoa atrofida turli xil muammolar va voqealar kuzatildi. Bu jamoaning ruhiyatiga ta’sir qiladi. Lekin Jeparovga kelsak, kelajagi bor murabbiy. Yaqinda bu ishga kirishdi. Murabbiyni ishiga natijalar orqali baho bersa bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Олға насаф
30/09/2022 11:24
№1. “Қизилқум” – “Металлург”ни топа олмадингизку !!

Кейингиларини кутамиз
&
Sanjik
29/09/2022 14:14
Nasaf Paxtakor oyinini oboradigan hakam juda yaxshi hakam holisona oboradigan hakam deb oyliman chunki hamma oyinni boshqarishini kuzataman. +5. bu oyin ham ishonaman haqqoniy hakamlik qilishiga
Кахрамонжон Сафаров
29/09/2022 12:04
Пахтакор командаси неча киши булиб майдонга тушар экан (судьялар билан бирга) шуниси кизик безбет судьялар нима каромат курсатар экан , агар судьялар номардлик килмаса Насаф , Навбахор ,Нефтчи ва Кукон жамоалари бемалол ютукни кулга киритади
Akram Haedarov
29/09/2022 09:52
Bekzod isayevdek fikrlarkan hamma o'yinlar 49-51
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
29/09/2022 09:17
Tugri Nasafka har doim ham. uyin sefati zur chiqmas lekin shuni unitmaylik. Nasafni uyinni chiqmagan uyiniga ham Raqibdan bir bosh ustun turadi. uyin taraflama. buni bitta man emas luboy chetdan kelgan. fudbol muhlisidan surasangiz ham. tan oladi. keyin Nasaf poytahtka huddi uzini uyiga uynaganday uynaydi.
&
Олға насаф
29/09/2022 10:56
Фикрлар тўғри эмаслигини Худо хохласа ўйинда кўрамиз !!!!
&
Олға насаф
30/09/2022 11:25
Ҳозирча фикрлари тўғри эмаслигини Металлург кўрсатди.
&
Sanjik
29/09/2022 09:16
Alovuddin eski kinosida bir gap boridi. Echki halaqit qimasa didiku