
Origining keyingi manzili Saudiya Arabistoni bo‘lishi mumkin
"Milan" futbolchisi Divok Origi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Uni "Al-Ittifoq" klubi o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
Belgiyalik insayder Sacha Tavoilerining ta’kidlashicha, "Milan" 28 yoshli straykerni sotishga qarshi emas. Hozircha tomonlar transfer borasida kelishib olgani yo‘q. Ammo saudiyaliklar futbolchini olib kelishga ishonmoqda.
Origi yili o‘tgan yozda agent sifatida Italiya klubi tarkibiga borib qo‘shilgandi. Uning Milanga tashrifi omadli bo‘lmadi. Hujumchi zaxira o‘yinchisiga aylanib qoldi. Shu sababli, uning o‘zi ham jamoani tark etishga tayyor.
Fikrlar