
O‘runovning transferi nega sir tutilmoqda?
Rossiya futbolida o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runovning transferiga oid masalalar keng muhokama qilinmoqda.
19 yoshli futbolchimizga “Spartak”, “Lokomotiv”, TsSKA, “Zenit”, “Krasnodar” kabi jamoalar jiddiy qiziqish bildirmoqda. Rossiyaning nufuzli nashrlari “Spartak” O‘runovni olayotgani haqida bong urmoqda. Hatto, transfer summasi va futbolchimizning moskvaliklar tarkibida qancha maosh olishigacha axborot tarqatilmoqda. Albatta, ommaviy axborot vositalari bu ma’lumotlarni o‘zlarining klublarga yaqin manbalari yordamida topmoqda.
Xususan, Rossiyaning eng katta axborot agentligi RATA-TASS muxbirlari va gazeta.ru sayti o‘z manbalariga tayangan holda Oston O‘runov kelasi hafta boshida Moskvaga kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan keyin “Spartak” bilan shartnoma imzolashi haqida xabar tarqatdi.
Biroq, har ikki klub bu xabarni hozircha tasdiqlagani yo‘q. Demak, vaziyatni kuzatishda davom etamiz.
Shomurodov va O‘runov - nufuzli sovringa da’vogar!
Irismetov O‘runovni tanqid qilganlarga keskin javob qaytardi!
O‘runov “Ufa”ning eng zo‘r futbolchisi!
Fikrlar