O‘runov “Ufa”ning eng zo‘r futbolchisi!

  • 30 iyul, 2020, 16:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ufa” klubi muxlislari o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runovni jamoaning iyul oyidagi eng yaxshi futbolchisi, deb topdi.

Tecno

Klub rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirok etganlarning 30,2 foizi O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisiga ovoz bergan. Ikkinchi o‘rinni Ostondan ikki barobar kam ovoz to‘plagan Daniil Fomin egalladi. Unga 14,3 foiz muxlislar ovoz berdi. Kuchli uchlikni 10,4 foiz ovoz bilan jamoa darvozaboni Aleksandr Belenov yakunladi.

Hamyurtimiz iyul oyidagi o‘yinlarda raqibni aldab o‘tish va yakkakurashlarda g‘olib chiqish bo‘yicha eng yaxshi natijani qayd etdi.

Oston O‘runov joriy mavsumda jami 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi va yozgi transferlar vaqtida jamoasini almashtirishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Насаф
30/07/2020 21:38
Булди спартакга утли деб ёзудинг, нима булди халиям утмадими. Йигит бир Суз гапириши керак