
Ozarbayjon chempionati. "Sumgait" - "Sabax": Kuchlar teng kelgan bahsda Abdixoliqov gol, Rahmonaliev dubl muallifi bo‘ldi
Ozarbayjon chempionatining 28-turi doirasida "Sumgait" - "Sabax" bahsi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur to‘qnashuvda jamoalar durangga imzo chekdi - 3:3.
Bellashuvda legionerlarimiz Bobir Abdixoliqov va Umarali Rahmonalievlar muhim rol o‘ynadi. Abdixoliqov 46-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, Rahmonaliev 6- va 71-daqiqalarda o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi.
"Sumgait" tarkibidagi yana bir legionerimiz Jasur Jaloliddinov zaxirada qoldirildi.
Fikrlar