O‘zbekiston 32 ta terma jamoa orasida 30-o‘rinni egalladi

  • 16 dekabr, 2021, 16:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
BEPUL PROPAN

Ispaniyada gandbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi  o‘z ishtirokini yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

29-30 o‘rinlar o‘z egalarini topishi belgilangan bellashuvda qizlarimiz paragvaylik raqibalariga qarshi maydonga chiqishdi. Uchrashuvning birinchi taymi 19:19 hisobida yakunlangan bo‘lsa, ikkinchi taymda raqiblar aniq zarbalar bilan muvozanatni o‘z tomonlariga og‘dirib ketishdi. Yakuniy hisob – 39:33. Bahsda raqib darvozasini 11 bor ishg‘ol qilgan O.Abdumannonova eng sermahsul o‘yinchi bo‘ldi.

Shu tariqa, terma jamoamiz o‘z tarixida ikkinchi bor ishtirok etgan jahon chempionatini 32 jamoa orasida 30-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!