O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritdi

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida erkin kurash bo‘yicha “Ivan Yarygin Cup” xalqaro turniri yakunlandi. Mazkur musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 1 ta bronza medaliga ega chiqdi. 

Mazkur medalni Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi Aktenge Keunimjaeva keltirdi. -50 kg vazn toifasida qatnashgan yurtdoshimiz shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!