
O‘zbekiston g‘alabaga chanqoq!
Toshkent shahri 1-14 may kunlari boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Jahon chempionati yurtimizda ilk marotaba tashkil etilmoqda. Poytaxtimiz bungacha uch marotaba Osiyo chempionatlarini yuqori saviyada o‘tkazgan.
Qozog‘istonning nufuzli sports.kz sayti Toshkentdagi jahon chempionati arafasida murabbiylar musobaqa haqida fikrlarini so‘radi. Qozog‘istonlik mutaxassislar bo‘lajak chempionatga mezbonlik qilayotgan O‘zbekiston bokschilarining imkoniyatlariga ham baho berdi.
Yurtimizda boks muxlislari ko‘pligini inobatga olib, sports.uz portali qozog‘istonlik murabbiylari bokschilarimiz imkoniyati haqidagi fikrlarini e’tiboringizga havola etadi.
Qozog‘iston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Qayrat Satjanov O‘zbekiston terma jamoasining imkoniyatlariga quyidagicha baho berdi.
- Hozir O‘zbekiston terma jamoasi g‘alabaga chanqoq. Jahon chempionati Toshkentda bo‘ladi, ular bu musobaqaga o‘ta kuchli jamoani jamlagan. Muxlislarning aqlbovar qilmas darajada qo‘llab-quvvatlashi ham ta’minlangan.
Belgradda o‘tgan avvalgi jahon chempionatida ular o‘zlari uchun qoniqarsiz natija qayd etdi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida nimalarga qodirligini to‘liq namoyish etish ishtiyoqida ekaniga aminman, - dedi Qayrat Satjanov.
Eslatib o‘tamiz, Serbiyadagi jahon chempionatida hamyurtlarimiz bittadan kumush va bronza medal bilan kifoyalangan edi.
Qozog‘iston term jamoasining yana bir sobiq ustozi Tursingali Edilov ham bo‘lajak jahon chempionati haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Qozog‘iston terma jamoasining tarkibi yaxshi shakllantirilgan. Albatta, debyutantlar ham bor. Lekin ular muayyan yutuqlarga ega. Barcha etakchi bokschilar jahon chempionatiga boryapti. Bu hozirgi paytda eng optimal tarkib.
O‘zbekiston ham kuchli jamoa to‘pladi. O‘z uyingda devorlar ham qo‘llaydi. Hozir O‘zbekistonda boks va boshqa yakkakurash turlarini rivojlantirishga kirishilgan. Hamma erdagi musobaqalarda qatnashishyapti, sifatli o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil qilinyapti. Frantsiyada ham tayyorgarlik ko‘rishdi. Tayyorgarliklari juda jiddiy. Menimcha, ular medal jamg‘arish bo‘yicha milliy rekordlarini o‘rtatishadi, - dedi Tursingali Edilov.
Toshkentdagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini quyidagi bokschilar himoya qiladi:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziev
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-54 kg: Oybek Jo‘raev
-57 kg: Abdumalik Xalokov
-60 kg: Mujibillo Tursunov
-63,5 kg: Ruslan Abdullaev
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev
-71 kg: Saidjamshid Jafarov
-75 kg: A’loxon Abdullaev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullaev
-92 kg Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Bahodir Jalolov.
Qozog‘istonlik bokschi jahon chempionatida Bahodir Jalolov g‘alabasiga ishonmoqda!
"Jahon chempionati-2023": O‘zbek bokschilari o‘zi uyida hech kimga “non” bermaydi!
Fikrlar