Qozog‘istonlik bokschi jahon chempionatida Bahodir Jalolov g‘alabasiga ishonmoqda!

  • 1 may, 2023, 19:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Joriy yilning 1-14 may kunlari Toshkent shahri boks bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Ayni paytda mutaxassislar, murabbiylar, charm qo‘lqop ustalari poytaximizdagi musobaqada ishtirok etadigan bokschilarning imkoniyatlarini tahlil qilmoqda.

Tecno

Qozog‘istonlik professional bokschi Marat Mazimbaev bo‘lajak jahon chempionatida o‘ta og‘ir vazn toifasida qatnashadigan hamyurti Qamshibek Kunkabaev va amaldagi jahon chempioni Bahodir Jalolov imkoniyatlariga baho berdi.

Eslatib o‘tamiz, Marat Mazimbaev professional boksning IBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni, WBO hamda IBF yo‘nalishlarida mintaqalararo chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan mashhur bokschilardan biridir.

207278_a8a630085bfe08db9006ef7a4d14a526

- Bahodir Jalolov – amaldagi jahon chempioni. Professional boksda  ham faoliyat olib bormoqda. Unda o‘ziga bo‘lgan ishonch yuqori. Qo‘shimchasiga, o‘z uyida ringga chiqadi.

Qamshibek Kunkabaevga juda qiyin bo‘ladi. U g‘alaba qozonish uchun bor kuchini ishga solishiga to‘g‘ri keladi. Adolat nuqtai nazaridan baho bersak, Jalolovning imkoniyatlari yuqoriroq, - dedi Marat Mazimbaev.  

Ta’kidlash joizki, bir necha yildan beri qo‘shni mamlakatlarning bu ikki bokschisi o‘zaro raqobatchi hisoblanadi.

O‘zaro to‘qnashuvlardagi seriya qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustasi g‘alabalari bilan boshlangan. Bahodir Qamshibekka ilk bor 2015 yili Bolgariyadagi turnirda yutqazgan. Ikki yildan keyin Kunkabaev o‘z yurtida ketma-ket ikkinchi g‘alabasini nishonladi.

Toshkentdagi uchinchi to‘qnashuv 2017 yilga to‘g‘ri keldi va undan ilk bor Bahodirning qo‘li baland keldi. Oradan bir necha oy o‘tib, Kunkabaev Germaniyadagi musobaqada yana zafar quchdi va umumiy hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi.

Shundan keyingi to‘rtta jangda g‘oliblik faqat Bahodir Jalolovga nasib qildi.  O‘ta og‘ir vaznli bokschimiz 2019 yili dastlab Tailandda, keyin Rossiyadagi jahon chempionatida raqibidan ustun keldi. 2021 yili Dubaydagi turnirda ham hamyurtimizning qo‘li baland keldi.

Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaev o‘rtasidagi sakkizinchi jang 2023 yilning 23 fevral kuni Bolgariyadagi “Stranja” turnirida o‘tkazilishi kutilgandi. Lekin qozog‘istonlik bokschi ringga chiqishdan bosh tortdi.

Shu tariqa, ikki gigant bokschi o‘rtasidagi janglar hisobi 5:3 ko‘rinishida Bahodirning foydasiga hal bo‘ldi.

70d0b6c0e3b8da8e9d1c4d6a264103bb_1

Bahodir Jalolov havaskor bokschilar o‘rtasida barcha nufuzli turnirlar g‘olibi hisoblanadi. U amaldagi jahon va Olimpiya o‘yinlari chempioni. Jahon chempionati bronza medal sovrindori. Uch karra Osiyo chempioni bo‘lgan.

Qamshibek Kunkabaev esa, Tokio Olimpiadasi bronza medalini qo‘lga kiritgan. Jahon chempionatlari ikki marotaba, Osiyo chempionatlarida esa to‘rt marotaba kumush medalga ega chiqqan.

"Jahon chempionati-2023": O‘zbek bokschilari o‘zi uyida hech kimga “non” bermaydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!