
O‘zbekiston kubogi finali oldidan prevyu!
O‘zbekiston kubogi 2023 yilgi mavsum final uchrashuvi doirasida Qarshining "Nasaf" va Olmaliqning OKMK jamoalari g‘oliblik uchun kuch sinashadi.
"Konchilar" mamlakat kubogi g‘olibligini 2018-yilda qo‘lga kiritgan. O‘shanda, Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Farg‘onadagi finalda taslim etilgan. Ushbu natija olmaliqliklar uchun yagona hisoblanadi. OKMK o‘z tarixida to‘rtinchi bor kubok finalida qatnashadi.
“Nasaf” uchun ushbu final to‘qqizinchisi bo‘ladi. “Ajdarlar” 2015, 2021, 2022-yillar ushbu sovrinni boshlari uzra baland ko‘tarishgan.
“Nasaf” O‘zbekiston Kubogi Finallarida uch marta “Paxtakor”, uch marta “Bunyodkor”, bir marta “Lokomotiv” va bir marta “Navbahor” jamoalari bilan bellashgan.
Final 12-noyabr kuni Qarshidagi «Markaziy» stadionida 17:00da boshlanadi
O‘zbekiston kubogi 2023. Final.
12-noyabr, yakshanba
«Nasaf» — OKMK (17:00)
Qarshi. «Markaziy» stadioni
Hakamlar: Aziz Asimov, Olim Abduvasilov, Timur Gaynullin, Rahimbek Karimov
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Aleksandr Sidorov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Sherzod Rajabov
Fikrlar