O‘zbekistonlik hakamlar OChL uchrashuvini boshqaradi

Ayni kunlarda, Qatar maydonlarida OChL guruh bosqichi G‘arb mintaqasidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

Avval xabar berganimizdek, ushbu o‘yinlarda faoliyat olib borish uchun o‘zbekistonlik hakamlar ham taklif etilgan.

Hamyurtimiz FIFA referisi Sherzod Qosimov o‘z brigadasi bilan OChL 4-turidan o‘rin olgan "Al-Shorta" - "Al-Ahli" uchrashuvini boshqarib boradi.

17 sentyabr kuni o‘tkaziladigan mazkur bahsda Sherzod Qosimovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Timur Gaynulin yordam beradi, deb xabar berdi O‘FA matbuot xizmati.

Zahira hakami vazifasi iordaniyalik Adham Muhammad Tumahga ishonib topshirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!